Tadbirkorlar murojaatlari joyida hal etilmoqda

News Image

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Biznes-ombudsman devoni xodimlari joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

Biznes-ombudsman devoni mas’ul xodimi va Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Musamuhamedov tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari muammolarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan sayyor uchrashuvlardan yana biri Buxoroda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat hududidagi oziq-ovqat ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati yaqindan o‘rganildi.  

Jumladan, G‘ijduvon tumanida faoliyat olib boruvchi MCHJ tomonidan zavodni ishga tushirish maqsadida bankdan 8,5 milliard so‘m kredit ajratish uchun hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida ekanligi aniqlanib, qisqa muddatlarda kredit ajratilishiga kelishib olindi.  

Shuningdek, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Biznes-ombudsman devoni xodimlari, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari va Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 11 ta murojaat qabul qilinib, shundan 3 tasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar tegishli idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.  

Mazkur uchrashuvlar davomida tadbirkorlik sub’ektlariga yangi qonunchilik hujjatlari va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Biznes-ombudsman apparati tomonidan tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  

2024-07-27 |

Yangiliklar