Hokim chekka hududda sayyor qabul o‘tkazdi

News Image

Forish tumanining chekka hududi “Narvon” mahalla fuqarolar yig‘inida Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev viloyatdagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov hamda mutasaddi idora, boshqarma, tashkilot, tuman sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

Insonlarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarini, kundalik tashvishlarini samarali yechimini topish hamda aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lish maqsadida viloyat hokimi bu galgi sayyor qabulda ham asosiy e’tiborni aholi murojaatlarini o‘rganishga, ko‘tarilgan muammolarni imkon qadar joyida hal etishga qaratdi.  

Viloyat hokimi va tashkilotlar bo‘yicha sektorlar hamda viloyat idora va tashkilotlar rahbarlari guruhlarga bo‘lingan holda qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi. Qabulga kelgan 107 nafar fuqarodan jami 115 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Shundan 33 ta murojaat ijobiy yechim topdi.  

Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tuzilib, tegishli mas’ullarga muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.  

2024-07-25 |

Yangiliklar