Yoshlar bilan uchrashuv

News Image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani markazidagi san’at saroyining yozgi binosida sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tuman yoshlarining so‘nggi yillarda turli sohalarda erishgan yutuqlarini e’tirof etdi va ularning muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar qayd etildi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarining takliflari bo‘yicha murojaat qilishdi.  

Uchrashuvda “Besh tashabbus” olimpiadasining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. Jumladan, Guliston mahallasi yoshlari musobaqalar doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosqichida jami 3 ta, shundan 1 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

2024-07-23 |

Yangiliklar