Muammolar joyida hal etildi

News Image

Namangan viloyati Uychi tumanida viloyat adliya boshqarmasi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda Namangan viloyati FHDYO arxivi xodimlari tomonidan Uychi tumanidagi mahallalarda so‘rovnoma o‘tkazildi. Unga ko‘ra, huquqiy muammolari ko‘p, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarida kamchiligi bor fuqarolar aniqlanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan “Adliya kuni” tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda, Adliya vazirligi, Namangan viloyati adliya boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat pensiya jamg‘armasi, Uychi tumani hokimligi, tuman kadastr, adliya bo‘limlarining mas’ul mutasaddilari ishtirok etdi.  1 ming 135 nafar fuqaro qatnashib, shulardan 729 nafarining murojaati shu joyning o‘zida bartaraf etildi. Shuningdek, 500 dan ortiq kishiga huquqiy tushunchalar berildi. Bundan tashqari 101 ta holatda fuqarolarning yoshiga doir pensiya, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi, moddiy yordam, kam ta’minlangan oilalar uchun bola puli olishda hujjatlaridagi noaniqliklar bartaraf etildi.  

– Tuman adliya bo‘limi tomonidan 12 ta murojaat hal etilgan bo‘lsa, 20 ta murojaat bo‘lim ish yurituviga olindi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Foziljon Jo‘raboyev. – Qolaversa, viloyat FHDYO arxivi tomonidan 717 ta holatda fuqarolarning shaxsga doir bo‘lgan ma’lumotlari tug‘ilish, nikoh, o‘lim, nikohdan ajralganlik, ism-sharifni o‘zgartirish, yolg‘iz ona, otalik dalolatnoma yozuvlaridagi noaniqliklar va kamchiliklar bartaraf etildi.  

2024-07-18 |

Yangiliklar