Muammolar viloyat hokimi nazoratida

News Image

Xalq bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish bugungi rahbarning asosiy burchlaridan biri bo‘lmog‘i lozim.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev ham  Arnasoy tumanida viloyat fuqarolari uchun videokonferensiya aloqa tarzida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Tadbirni Jizzax viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov boshqardi.  

Sayyor qabulda viloyat hokimi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar barcha sohalarda o‘zining yorqin samaralarini berayotganini, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat doimiy e’tiborda va nazoratda ekanligini ta’kidladi.

– Sizlar bilan ochiq, yuzma-yuz muloqot qilish, sizlarning taklif va mulohazalaringizni tinglash, yuzaga kelgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimini birgalikda topish maqsadida bugungi qabulga viloyat tashkilotlari, studiyalar tuman (shahar) hokimlari va barcha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamjihat bo‘lib keldik, – dedi Ergash Soliyev.  

Sayyor qabulga kelgan fuqarolarga qulaylik yaratish va ish jarayonini sifatli tashkil etish uchun viloyat tashkilotlari rahbarlaridan iborat 15 ta ishchi guruhi tuzildi. Ular guruhlarga bo‘lingan holda murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi.  

Arnasoy tumanida bo‘lib o‘tgan viloyat hokimining sayyor qabulida ichki yo‘llar, oqar suv, ipoteka kreditlari, subsidiya asosida farzandlariga uy-joy olish, moddiy yordam, nogironlik elektron aravacha olish, xonadonga elektr tarmog‘i tortish, farzandini davolashda moddiy yordam, uy-joy qurilishi kabi 33 ta, videokonferensiya aloqa orqali 12 ta murojaatlar tinglandi.

Sayyor qabulda ko‘tarilgan murojaatlarning 13 tasi joyida hal etildi. Vaqt va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi shaxsan viloyat hokimining nazoratiga olingani ta’kidlandi.

2024-07-19 |

Yangiliklar