Yoshlarning taklif va muammolari tinglandi

News Image

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Namangan tumanidagi “Mirishkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala shiyponida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda 100 nafarga yaqin yigit-qiz o‘z murojaat va takliflari bilan ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarni hayotda o‘z yo‘lini topishi uchun barcha sharoitlar yaratib berish eng asosiy maqsad ekani alohida ta’kidlandi.  

Yigit-qizlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ko‘tarilgan muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.  

 

2024-07-20 |

Yangiliklar