Mahallalardagi muammolar o‘rganilmoqda

News Image

Bugun mamlakatimizda prokuratura organlari tomonidan davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olingan.

Ayniqsa, aholini rozi qilishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida prokurorlar mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, ularni bezovta qilayotgan muammolarni aniqlab, joyida hal etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev hududiy prokurorlar tomonidan Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xususan, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid qonunlar ijrosini ta’minlash borasida tashkil etilgan shtablar faoliyati bilan tanishilib, elektr energiya, qurilish, tadbirkorlik va boshqa sohalarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglandi. Prokurorlar otalig‘iga olingan yoshlar bilan uchrashib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muddat belgilandi.

Hududlarda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, Ellikqal’a tumanining “Ibn Sino”, To‘rtko‘l tumanining “Ullibog‘” mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlari misolida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

Ijtimoiy ob’ektlardagi  qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan tanishilib, ularni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish va qurilish sifatini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, shahar va tuman prokurorlariga energetika sohasida tejamkorlikni ta’minlash, qurilish sohasida sifat va muddatlarga rioya etilishini nazorat qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, biriktirilgan yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha aniq va muddatli topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

2024-07-16 |

Yangiliklar