Viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi

News Image

Buxoro shahridagi Yoshlar markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, yoshlarni Buxoroning “drayveri” sifatida e’tirof etdi. Prezidentimiz tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarning Buxoro viloyatidagi ijrosiga to‘xtaldi. Yoshlar bilan ko‘proq suhbat qurish, ularni tinglash zarurligiga e’tibor qaratdi.

–Bugun ertamiz egalari qaysi sohada bo‘lmasin, u tadbirkorlik, ilm-fan, hunarmandchilikda o‘z o‘rniga ega,  – dedi Botir Zaripov. – Ular o‘z sohalari rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Qolaversa, ular viloyat iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuchga aylanmoqda. Buxorolik yoshlar bugun ilm-fanda ilg‘or, ular zamonaviy fikr, kreativ tashabbuslarga ega. Ular kichik biznesdan tortib yirik investitsion loyihalarni ham amalga oshirmoqda.

Tadbirda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi sifatida buxorolik yigit-qizlar qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlar alohida e’tirof etildi.

Botir Zaripovning yoshlar bilan uchrashuvi  tashabbuslarga boy bo‘ldi. Uchrashuv yigit-qizlarga o‘ziga xos motivatsiya berdi.  

2024-07-15 |

Yangiliklar