Murojaatlar bilan ishlashda samarali yondashuv

News Image

Farg‘ona shahrida Oliy sud raisi o‘rinbosari Sh. Polvonov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 92 nafar fuqaroning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi.

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, barcha davlat idoralarida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan shaffof tizim o‘zining amaliy natijasini bermoqda. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda ayni muddao bo‘layotir.

Farg‘onada o‘tgan sayyor qabulda ham 92 ta murojaatning asosiy qismi bo‘yicha  huquqiy tushuntirishlar berildi, bitta murojaat qanoatlantirildi, 2 ta shikoyat va ariza qonuniy ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan taqdimnoma va iltimosnomalar asosida 54 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, 8 nafar shaxsga nisbatan sud ishi yarashuv asosida tugatildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 22 ta aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi.  

2024-06-10 |

Yangiliklar