Sayyor qabulda sud-huquq masalalari ko‘rildi

News Image

Jizzax viloyatining Zomin, Yangiobod va Zarbdor tumanlari hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.Unda jami 23 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Murojaatlardan 10 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilib, 13 ta murojaat ijobiy hal etildi.

Sayyor qabul davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin, Zarbdor, Yangiobod tumanlari sudlari hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudi tomonidan sayyor sud majlislari o‘tkazildi va unda jazo muddatini o‘tayotgan 8 nafar mahkum insonparvarlik tamoyillari asosida jazoni o‘tashdan muddatidan avval shartli ravishda ozod qilindi. Ikki nafar shaxsga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish taraflar yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatildi.  

Shuningdek, nikohdan ajratish haqidagi uchta ish taraflarning yarashganligi inobatga olinib, ish yuritishdan tugatildi va o‘rtalarida yuzaga kelgan nizo ijobiy hal etildi.

2024-04-23 |

Yangiliklar