Yoshlarga yer maydoni ajratildi

News Image

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani 2-sektor hududidagi “Yaxtilik” mahalla fuqarolar yigʻinida tuman prokurori, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Prezidentimizning joriy yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan qishloq xoʻjaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlarini yetishtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xususida soʻz yuritildi.  

Tadbirda “Ye-auksion” elektron savdo platformasi orqali tuman prokuraturasi tomonidan otaliqqa olingan hamda “Mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantirilgan 78 nafar yoshga jami 25 gektar yer maydoni topshirildi.  

2024-04-21 |

Yangiliklar