Oilaviy tadbirkorlik – istiqbolli va kafolatli

News Image

Yangi Namangan tumanidagi “Ishonch” mahallasida yashovchi Bahodir Rahmatullayev o‘z xonadonida zamonaviy kepkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi kunda ushbu oilaviy tadbirkorlik subyektida 28 nafar ishchi tomonidan kuniga o‘rtacha 3000 tagacha bejirim bosh kiyimi ishlab chiqarilmoqda.

Bundan tashqari hududda yashovchi ayollarning 9 nafari mazkur oilaviy korxona tomonidan kasanachilik asosida ish bilan ta’minlangan. Bu yerda tayyorlanayotgan bosh kiyimlar esa Namangandan tashqari Toshkent, Qo‘qon, Samarqand bozorlariga yetkazib berilyapti.  

Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev tadbirkor xonadonida bo‘lib, shart-sharoitlar bilan tanishdi. Oilaviy korxona faoliyatini kengaytirish hamda mahalladagi ishsiz aholini istiqbolli va kafolatli mehnatga jalb etish borasida taklif-tavsiyalar berildi.

2024-04-19 |

Yangiliklar