Sayyor qabulda fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda

News Image

Poytaxtimiz hududlari bo‘ylab Toshkent shahar hokimligi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, Chilonzor tumani "Ko‘tarma” MFYda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonini joriy etish doirasida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Umarova hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tumanda yashovchi aholi, xususan xotin-qizlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 

Qabul davomida aholi tomonidan davolanish uchun moddiy yordam, shifoxonaga bepul yo‘llanma, uy-joy ta’miri uchun mablag‘ olish hamda o‘zini-o‘zi band qilish istagida bo‘lgan fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan boshqa bir qator muammolar atroflicha o‘rganildi. 

Barcha murojaatlar qonun doirasida o‘rganib chiqilib, 7 nafar murojaatchining muammolari joyida hal qilindi. Qolgan murojaatlar yuzasidan soha mutaxassislariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

2024-02-10 |

Yangiliklar