Navoiy mahallasi obod va fayzli go‘shaga aylanadi

News Image

Sirdaryo tumani Navoiy mahallasida ham joriy yilda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ushbu mahallada bo‘lib, faollar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida aholi murojaat va takliflari tinglanib, ular asosida mas’ullar oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi. 

Jarayonda mahallaning kirish qismida mahalla peshtog‘i quriladi. Hududdagi bo‘sh yer maydonlarida 20 ta yangi uy, amfiteatr hamda sport kompleksi bunyod etiladi. Mahallaning asosiy, maktabga olib boruvchi Mustaqillik va Ahillik ko‘chalarining yo‘l yoqasida piyodalar yo‘lagi barpo etilib, ichki yo‘llar ta’mirlanadi. Elektr energiyasi va ichimlik suv ta’minoti yanada yaxshilanadi.

2024-02-04 |

Yangiliklar