“Yashil makon”: birgalikda daraxt ekamiz

News Image

Yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbirkorlar bilan birgalikda Biznes-ombudsman devoni xodimlari ham ishtirok etmoqda. “Birgalikda daraxt ekamiz” chellenji doirasida respublikamizdagi barcha korxona va tashkilotlar xodimlari faollik ko‘rsatib, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida Biznes-ombudsman devoni xodimlari “Evos” jamoasi bilan hamkorlikda 200 ga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlarini yerga qadadi. 

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga tadbirkorlarni jalb etish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi. 

2023-11-25 |

Yangiliklar