Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

News Image

Avval xabar qilinganidek, mamlakatimizda joriy yil 1 sentyabridan boshlab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasiga start berilgan edi.

Kampaniya doirasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadiga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari hamkorligida barcha tuman, shaharlarda aholi xonadonlari, qurilish ob’ektlari va ta’lim muassasalarida navbatdagi xavfsizlik targ‘iboti tadbirlari o‘tkazildi.  

Unda aholi xonadonlarida texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qay darajada amal qilinayotgani o‘rganilib, fuqarolar bilan “Yong‘inlarning kelib chiqishini oldini olish” va “Is gazidan himoyalanish” kabi mavzular yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birgalikda, tumandagi yong‘inga qarshi yer osti suv olgichlari holati ham ko‘zdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etildi.

2023-11-04 |

Yangiliklar