"Yashil makon" umummilliy dasturida barcha faol ishtirok etishi lozim!

News Image

Prezident yigʻilishida 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinishi aytilgandi.

Prezident maslahatchisi Gʻofur Mirzayev Mirobod tumani hokimi va sektor rahbarlari bilan #YashilMakon umummilliy aksiyasi doirasida lola daraxtini ekdi.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, bugun, 23-oktyabr kuni Mirobod tumanida boʻlib oʻtgan saf yigʻinidan soʻng Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, sektor rahbarlari – tuman prokurori Axror Axunov, IIOFBM rahbari Otabek Xodjayev 2-sonli oilaviy poliklinika hududida daraxt koʻchatini ekishdi.

“Yashil makon” umummilliy aksiyasining kuzgi mavsumiga start berilganidan buyon tumanda 13 mingdan ziyod koʻchatlar ekildi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda boʻlib prezident yigʻilishida  25 oktabrdan 1 dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinishi aytilgandi.  Mavsum doirasida 85 million tup koʻchat ekish rejalashtirilgan.

2023-10-23 |

Yangiliklar