Hokim “sayyor qabul” o‘tkazdi

News Image

Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir katta-kichik rahbarning asosiy vazifasi aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarni tinglash, muammolarni o‘rganish va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishdir.

Xuddi shu maqsadda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Do‘stlik tumani fuqarolari huzuriga borib, shu tuman aholisi uchun navbatdagi “sayyor qabul”ini o‘tkazdi. Tuman markazidagi “Madaniyat saroyi”da tashkil etilgan fuqarolar “sayyor qabul”ida, viloyatdagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri, viloyat, tuman sektorlari, mutasaddi idora va tashkilotlari rahbar va mas’ullari hamda shu tumanda istiqomat qiluvchi aholi ishtirok etdi.    

Aholi farovonligini ta’minlash, yashash sharoitlarini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallalardagi obodonlashtirish, qurilish, ta’mirlash ishlari, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, yo‘l qurilishi va shu kabi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishda, tumanda sezilarli va keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim.    

Qabulga kelgan 50 dan ortiq fuqarolarni viloyat hokimi va tegishliligi bo‘yicha sektorlar hamda idora va tashkilotlar rahbarlari birma-bir qabul qilib, yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi. Fuqarolar murojaatlari tinglanib, qayd etib borildi. 13 nafar fuqaroning murojaati shu joyning o‘zida ijobiy yechimini topdi.  

2023-09-12 |

Yangiliklar