Respublika ishchi guruhi ommaviy qabuli tashkil etilmoqda

News Image

Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari aholisi diqqatiga!

12-may kuni soat 10-00 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog'ida Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari aholisi uchun Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli tashkil qilinadi.

Ochiq-jonli muloqotlarda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi mas'ullari, Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri hamda Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari mas'ul rahbarlari murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqot olib boradi.

2023-05-11 |

Yangiliklar