E’tibor va g‘amxo‘rlik yuksak fazilat

News Image

Anomal sovuq barchamizning boshimizga sinovli kunlarni soldi. Tashvishlar har qachongidan oshdi. Bunday paytda ehtiyojmand va e’tiborga muhtoj oilalar holidan xabar olish har qachongidanda muhimdir.

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani hokimligi tomonidan xayrli tashabbus amalga oshirildi. Tuman hokimligi, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi  hamkorligida hududdagi ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan hamda bemor insonlarning holidan xabar olindi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, ko‘mir mahsulotlari tarqatildi.  

E’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand insonlar qo‘llarini duoga ochib shukrolik bildirdi.  

2023-01-23 |

Yangiliklar