Murojaatlarni tezkor hal qilish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram boti ishga tushirildi

News Image

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 2023-yil “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e’lon qilindi. Ushbu chora-tadbirlar doirasida sohada aholi murojaatlari bilan ishlashning intensiv shakllari amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning rasmiy telegram-boti — https://t.me/murojat_ssv_bot ishga tushirildi.  

Vazirlik matbuot xizmatining ta’kidlashicha, ushbu elektron platforma orqali qabul qilingan har bir murojaat qisqa muddatda ko‘rib chiqilib, ularga qonun doirasida tezkor yechim topish choralari ko‘riladi.  

 

2023-01-10 |

Yangiliklar